

O'zbekiston Kubogi chorak finalida "Navbahor"ni enggan "So'g'diyona" yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ma'lumot uchun, jizzaxliklar o'z tarixida uchinchi marotaba mamlakat kubogining 1/2 final bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi.
Jamoa dastlab 1995 yilgi mavsumda chorak finalda "Nurafshon" (Buxoro) bilan texnik g'alabaga erishgan, final yo'llanmasi uchun Toshkentning MHSK klubiga taslim bo'lgandi. 2022 yilgi mavsumda esa "So'g'diyona" 1/4 bosqichda penaltilar seriyasida "Qizilqum"ni yutib, yarim finalda "Navbahor"ga penaltilar seriyasida taslim bo'lgan.



