

Manba bergan xabarga ko'ra, 20 yoshli yarim himoyachiga "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda, ammo yakuniy qarorni "qirollik klubi" qabul qiladi. Agar "Real" futbolchini sotib olishni istamasa, boshqa jamoalar uni qo'lga kiritishlari mumkin. APL grandlari yosh futbolchining transferiga 60-70 million evro sarflashga tayyor. Ammo "Shtutgart"ning o'zi futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi.
Andres Madrid klubini 2025 yilning yozida tark etgandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



