Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2023
Ro'yxatda 4 nafar futbolchi mavjud.

UEFA rasmiy saytida Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum bo'ldi.

Ushbu ro'yxatga "Slaviya" Praga hujumchisi Moymir Xitil (2 gol, 1 golli uzatma), "Atalanta" yarim himoyachisi Matteo Rujeri (1 gol, 6 marta to'pni olib qo'yish, 89% aniq uzatma), "Roma" hujumchisi Andrea Belotti (2 gol) va "Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa (1 gol, 74% aniq uzatma) kiritilgan.

Ushbu havola orqali o'z nomzodingizga ovoz berishingiz mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com