Yevropa Ligasi so'nggi turidan o'rin olgan bahslar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Eldor Akmurzayev
10 dek 2020
Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Jahon chemionati qahramoni Paolo Rossining vafoti munosabati bilan UEFA tasarrufida o'tadigan bugungi barcha o'yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi”, deyiladi tashkilot bayonotida.

“Oltin to'p-1982” g'olibi italiyalik sobiq hujumchi Rossi kecha 64 yoshida bu olamni tark etdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA