Superliga 27-turining qolgan uchrashuvlari 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025
Bu haqda PFL matbuot xizmati e'lon berdi.

"O'zbekiston Superligasi 27-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Nasaf" uchrashuvini Namangandagi "Markaziy" stadionida tomosha qilish uchun kelgan "ajdarlar"ning fidoyi muxlisi - Mahmud Muhammadievning uchrashuvdan qaytish yo'lida avtohalokatga uchrab, vafot etgani bizni chuqur qayg'uga soldi.  

Liga yo'l transport hodisalari qurbonlarini kamaytirish masalasiga 2024 yilda e'tibor qaratib, o'tgan yilgi Superliga mavsumi ramziy jamoasini ularning xotirasiga bag'ishlagan edi.  

O'z navbatida, Superliga 27-turining qolgan barcha uchrashuvlari ushbu muxlis xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanishini ma'lum qilamiz", – deyiladi PFL xabarida.

Avvalroq "Nasaf" muxlislari avtohalokatga uchragani haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz