Yevropa ligasi finalida "Manchester Yunayted" va "Vilyarreal" o'ynaydi

Mirjalol Normatov
7 may 2021
Yevropa ligasining yarim final o'yinlari yakuniga etdi.

Unda "Manchester Yunayted" "Roma"ni (umumiy 8:5) "Vilyarreal" esa "Arsenal"ni (umumiy 2:1) dog'da qoldirib, turnirning hal qiluvchi bahslariga yo'llanma oldi.

Shu orqali Polshaning Gdansk shahrida bo'ladigan finalda ispan va ingliz jamoalari to'qnash keladigan bo'ldi.

Yevropa ligasi finali 26 may kuni bo'lib o'tadi.

"Vilyarreal" - "Manchester Yunayted"

26 may, "Gdansk Arena", Polsha


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia