

UEFAning ijroiya qo'mitasining yig'ilishida Yevropa Ligasi finali va Superkubogi uchun bahs keyingi mavsum qaysi stadionlarda o'tkazilishi ham e'lon qilindi
Unga ko'ra, 2020/21 yilgi Yevropa Ligasining hal qiluvchi uchrashuvi Sevilyadagi 48 mingga yaqin tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan Ramon Sanches Pisxuan stadionida o'tkaziladi.

Yevropa Superkubogi-2021 esa Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahridagi Vindzor Park arenasida bo'lib o'tadi. Stadion sig'imi esa 22.000 muxlisni tashkil etadi.




