Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta futbolchi faoliyatini yakunladi

Alisher
23 may 2019
Vengriya terma jamoasi sobiq posboni Gabor Kiray 43 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

"Rahmat Gabor Kiray! Afsona faoliyatini yakunladi", - deyiladi uning klubi "Xaladash"ning instagram sahifasidagi xabarda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi Evro-2016da Avstriya terma jamoasiga qarshi o'yinda 40 yosh 74 kunlik yosh bilan rekord o'rnatgan edi. Kiray Evro-2000 o'yinlari doirasida Lotar Matteusning rekordini yangilagan edi. Darvozabon jami Vengriya terma jamoasida 108 ta (milliy rekord) o'yinda maydonga tushgan. U dastlab terma jamoa safida 1998 yilda debyut qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: haladas.hu