Yevropa chempionati finalida gol urgan futbolchi "Beshiktosh" skautlarida ijobiy taassurot qoldirolmadi

Bu haqida Turkiyaning ortacizgi.com sayti ommaga e'lon qildi.

Moskvaning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Eder "Beshiktosh" qiziqishlari doirasiga tushib qolgandi. Xabarlarga ko'ra, turk klubi skautlari Rossiyadagi o'yinlardan birida 31 yoshli futbolchining o'yinini jonli ravishda kuzatgan. Ammo Eder ularda ijobiy taassurot qoldirmaganligi ma'lum bo'ldi. Natijada "Beshiktosh" rahbariyati Portugaliya terma jamoasi hujumchisi haqida salbiy sharh olgan.

Eslatib o'tamiz, Eder 2016 yilgi Yevropa chempionati finalida mezbon Fransiya terma jamoasi darvozasiga g'alaba golini kiritgandi.


Manba: ortacizgi.com