Evrokuboklarni tark etgan "Atletiko"ning iqtisodiy yo'qotishlari hajmi ma'lum

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022
"Atletiko" Chempionlar Ligasi 6-turida "Portu"ga imkoniyatni boy berdi (0:2).

Bu mag'lubiyat Madrid klubining o'z guruhida so'nggi o'rinni egallashi va evrokubokdan chiqib ketishini anglatardi. Bunday voqea 2011 yilning dekabridan buyon jamoaga ustozlik qilib kelayotgan Diego Simeone bilan birinchi marta sodir bo'ldi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Atletiko" bu muvaffaqiyatsizlik tufayli kamida 20 million evro yo'qotdi. Ular o'yinchilarni sotish orqali bunday holatdan chiqib ketishi mumkin bo'ladi. Taxminlarga ko'ra, "Atletiko" amalga oshirilgan transferlardan kamida 40 million evro ishlab olishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo