Evro-2024 saralash. Qozog'iston super kambek amalga oshirib, Daniyani mag'lubiyatga uchratdi

Administrator
26 mar 2023, 20:15
Germaniyada o'tadigan Evro-2024 musobaqasi uchun o'tkazilayotgan saralash bosqichining 2-turidan o'rin olgan Qozog'iston - Daniya uchrashuvida qozog'istonliklar ajoyib g'alaba qayd etishdi.

Ikkinchi taym o'rtalariga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgan Qozog'iston terma jamoasi yakunda uchta gol urib super kambek amalga oshirdi. 


Qozog'iston – Daniya 3:2

Gollar: 0:1 – 21 Xeylund, 0:2 – 35 Xeylund, 1:2 – 73, penalti Zaynutdinov, 2:2 – 86 Tagybergen, 3:2 – 89 Aymbetov.

Qozog'iston – Shackiy, Gabyshev (Skvorcov, 34), Malyy (Erlanov, 46), Marochkin, Alip, Vorogovskiy, Beysebekov (Darabaev, 83), Tagybergen, Zaynutdinov (Islamxan, 79), Orazov, Samorodov (Aymbetov, 78).

Daniya – Shmeyxel, Ba (Larsen, 65), Ker, Nelsson, Mele (Kristensen, 83), Nergor, Xeyberg, Yensen (Billing, 65), Damsgor (Darami, 65), Vind (Breytueyt, 87), Xeylund.

Ogohlantirishlar: Aymbetov (90), Xeylund (90), Shackiy (90).

Chetlatish: Aymbetov (90).


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia