Evro-2024. Bugungi bellashuvlar hakamlari ma'lum

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024
UEFA 21 iyun, juma kungi o'yinlarda ishlaydigan hakamlar masalasiga aniqlik kiritdi.

Slovakiya – Ukraina uchrashuvini angliyalik hakamlar boshqarib boradi: referi – Maykl Oliver, assistentlar – Styuart Bert va Den Kuk. To'rtinchi hakam – niderlandiyalik Syerdar Gyuzyubyuyuk, VAR  hakami – germaniyalik Bastian Dankert.

Polsha – Avstriya uchrashuvida turkiyalik hakamlar faoliyat yuritadi: referi – Umut Meler, assistentlar – Emre Eyisoy va Kerem Ersoy. To'rtinchi hakam – sloveniyalik Rade Obrenovich, VAR hakami – italiyalik Paolo Valeri.

Niderlandiya – Fransiya uchrashuvini angliyalik hakamlar boshqarib boradi: referi - Entoni Teylor, assistentlar – Geri Besuik va Adam Nann. To'rtinchi hakam – shvetsiyalik Glenn Nyuberg, VAR hakami esa – Styuart Ettuell.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com