Evraning fikricha, "Manchester Yunayted" kam gol uryapti

Sherzod Nurmatov
20 okt 2022
Fransiyalik mankunianlar ko'proq gol urishini xohlamoqda.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Patris Evraning fikricha, MYU o'yinida samaradorlik bilan bog'liq muammolar bor.

"Krishtianu Ronaldu, Sancho, Brunu Fernandesh, Maktominey. Jami – 13 ta gol. "Manchester Siti"ga qarasangiz, Holand u yerda 15 ta gol urganini ko'rasiz. Taqqoslamoqchi emasman, chunki siz ham juda yaxshi himoyalana olishingiz kerak, lekin menimcha, "Yunayted"ga aniq zarbalar etishmayapti", – dedi fransiyalik futbolchi.

Avvalroq ten Hag MYUning past ko'rsatkichlari haqida gapirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: United Zone