Evra MYUdagi rahbarlar o'zgarishi haqida: "Bu cirkni bas qilib, echim toparsiz? Biz "Siti"dan 20 chaqirim ortda qolyapmiz"

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2023, 23:45
Patris Evra "Manchester Yunayted" sotilishi cho'zilib ketganidan norozi.

"Qancha oydan beri bu kelishuvni muhokama qilyapmiz? Noyabrdan beri. Bu muxlislar, futbolchilar va albatta, Erik ten Xag uchun juda muhim.

Klubning yangi egasi kim bo'lishini bilmaymiz. "Manchester Siti"dan 20 chaqirim ortda qolyapmiz. Qachon bu cirk to'xtatib, echim qidiramiz? Bu ishni hoziroq amalga oshirish lozim, mavsum startidan avval, keyin kech bo'ladi.

Kim ketishi yoki kelishini bilamizmi? Bu Erik ten Xagga nisbatan nohaqlik" - deydi Evra.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News