Evra Marsel muxlisini tepdi va chetlatildi FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
3 noya 2017
Marsel himoyachisi Patris Evra Yevropa ligasi 4-turidan o'rin olgan Vitoriya Gimaraeshga qarshi o'yindan oldin muxlis bilan janjal qildi.

O'yindan oldingi mashg'ulot vaqtida maydon chetida turgan muxlislar 36 yoshli futbolchini haqorot qilishgan. Evra ularga yaqinlashib oyog'i bilan zarba berib qoldi.

Shu zahoti Marsel futbolchilari va muxlislari o'rtasida janjal boshlandi. Faqat styuardlar yordamida u to'xtadi.

Evra qizil kartochka oldi va Yevropa ligasida o'yin boshlanmay turib maydondan chetlatilgan ilk futbolchiga aylandi.

TAS-IX Emas





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr