“Everton” ketma-ket to'rtinchi g'alabaga erishib, 2-pog'onaga ko'tarildi. Keyingi raqib – “Man Siti”

APL 15-turi doirasida “Everton” safarda “Sheffild Yunayted”dan (1:0) ustun keldi.

Bu bilan Karlo Anchelotti jamoasi g'alabali seriyasini 4 ta uchrashuvga etkazdi va mavsum avvalidagi natijasini takrorladi. Ushbu turga qadar “Everton” “Chelsi” (1:0), “Lester” (2:0) va “Arsenal” (2:1)dan ustun kelgandi.

Ushbu g'alabalar evaziga jamoa APL turnir jadvalida peshqadam “Liverpul”dan ikki ochko kam jamg'arib, ikkinchi pog'onada bormoqda.

“Everton” navbatdagi 16-tur bellashuvida “Manchester Siti” bilan kuch sinashadi. O'yin 28 dekabr kuni o'tkaziladi.

 APL turnir jadvali


Manba: sports.ru