Eto’O “Chelsi” bilan 1 yilga mo'ljallan 4 mln. funtlik shartnoma tuzadi

“Anji” klubi hujumchisi Samyuel Eto’Oning “Chelsi” bilan tuzadigan shaxsiy shartnoma shartlari ma'lum bo'ldi., deb xabar beradi The Guardian.

Kamerun terma jamoasi sardori londonliklar bilan 1 yilga mo'ljallangan 4 mln. funtga teng shartnoma imzolaydi.

“Chelsi” futbolchini sotib olish uchun esa 5 million funt to'laydi.

Eslatib o'tamiz, Eto’O “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan “Inter”da o'ynagan paytlaridan beri tanish bo'lgan.


Manba: sports.ru