Eshitdik-da! Ulug'bek Bakaev "So'g'diyona"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
5 noya 2022
Mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasida murabbiylar almashinuvi ro'y berdi.

2019 yilning aprel oyidan hozirgi kungacha jamoani boshqarib kelgan Ulug'bek Bakaev o'z lavozimini tark etdi. Uning o'rniga "Surxon"da texnik direktor sifatida faolyat yuritib kelgan Yorqin Nazarov bosh murabbiy etib tayinlandi. Superliganing so'nggi ikkita uchrashuvida jamoani Yorqin Nazarov maydonga boshlab tushadi. Ma'lumot o'rnida, "So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvlarni "Lokomotiv" va "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi. 

Jizzaxliklar Ulug'bek Bakaev boshqaruvida o'tgan mavsum Superligada kumush medallariga ega chiqdi va OFK kubogiga yo'llanma oldi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia