"Eshitdik-da" tasdiqlandi. Katanets terma jamoa yig'inida qatnashmaydi

Iskandarov Abdulaziz
20 yanv 2025, 10:37
Biroz oldin saytimizda O'zbekiston terma jamoasining bugundan yig'inga kirishishi haqida ma'lum qilgan edik.

Unda terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets sog'lig'idagi muammolar sabab kela olmasligi aytilgandi. O'FA matbuot xizmati mazkur xabarni rasman tasdiqladi. 

"O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qatar poytaxti Doha shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi. Bosh murabbiy Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra ushbu yig'inda qatnasha olmaydi. Yig'in davomida jamoamiz bilan yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich ish olib borishadi. Srechko Katanetsga salomatlik tilaymiz",- deyiladi O'FA matbuot xizmati e'lon qilgan xabarda.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати