Eshitdik-da! Shamsievga Superliganing 2 klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda

Tolibjon Qosimov
11 dek 2023, 13:13
Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, o'tgan mavsumning 2-davrasini "Surxon"da o'tkazgan himoyachi Behzod Shamsievga Toshkentning 2 klubi "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikkala jamoa vakillari futbolchiga ancha oldindan aloqaga chiqishgan va uni o'z jamoalarida ko'rmoqchi ekanliklarini ma'lum qilishgan. Bundan tashqari, "Surxon" jamoasi ham Shamsievni jamoada olib qolmoqchi. Himoyachining "Olimpik" bilan shartnomasi 31 dekabr kuni o'z nihoyasiga etadi.

Shamsiev termizliklar safida qoladimi yoki Toshkent klublaridan biriga o'tadimi, buni vaqt ko'rsatadi.


Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Shamsiev ortda qolgan mavsum "Olimpik" va "Surxon" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogida jami 24 ta o'yinda maydonga tushgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia