Eshitdik-da! O'zbekiston Superkubogiga Turkiya, Qozog'iston va Ozarbayjon ligalari vakillari keladi

Narzulla Saydullayev
28 may 2024, 10:11
Ertaga, 29 may kuni "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, mazkur bahsga Turkiya klublar birligi tashkiloti, Qozog'iston premer-ligasi va Ozarbayjon premer-ligasi rahbariyati vakillari kelishlari kutilmoqda. Mehmonlar Superkubok o'tkazish jarayonlarini kuzatishadi va O'zbekiston Professional futbol ligasi vakillari bilan tajriba almashishadi.

Ma'lumot uchun, 2023 yil Qarshida o'tgan O'zbekiston kubogi finaliga Qirg'iziston premer-ligasi vakillari kelib tajriba almashishgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia