Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ 9 oktyabr kuni Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
22 sen 2025
Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, ayni paytda raqib jamoa vakillari bilan muzokaralar davom etmoqda.

Milliy jamoa FIFA kunlari (6-14 oktyabr) doirasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushadi. 

O'zbekiston 9 oktyabr sanasida Toshkentda o'rtoqlik bahsi tashkil etadi. Raqib nomi tez orada ma'lum qilinadi.

Xabaringiz bor, Timur Kapadze shogirdlari 13 oktyabr kuni Malayziyaning Malakka shahrida Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq FIFA reytingi yangilangan va unda O'zbekiston bir pog'ona yuqorilagan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia