Eshitdik-da! Osiyo chempioni bo'lgan murabbiy 2 ta Superliga klubi taklifini rad etdi

Narzulla Saydullayev
7 may 2025
Yaqinda O'zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan Islombek Ismoilovga atrofida turli jamoalardan takliflar kelib tushmoqda.

Jumladan, o'smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyiga 2 ta Superliga klublaridan takliflar kelib tushgan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni chempionatining nomdor klublaridan biri o'zbekistonlik mutaxassisga moliyaviy jihatdan e'tiborga molik taklif yuborgan.

Saytimiz muxbiri Islombek Ismoilov bilan bog'landi. Mutaxassis atrofdan kelayotgan barcha takliflar O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining shu yilning noyabr oyida bo'lib o'tadigan jahon chempionatidagi ishtirokidan so'ng ko'rib chiqilishi haqida aytib o'tdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia