

"Jamoa eg'ilganiga endi 9 kun bo'ldi. Biz aynan shuncha kundan beri mashg'ulot olib bormoqdamiz. Albatta og'ir o'yin o'tdi. Raqib yaxshi formada ekanligi ko'rindi. Biroq bunday o'yinlardan asosiy maqsad yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish. Shuning uchun, normal holat bo'ldi deb o'ylayman. Maqsadimiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rish bo'lgani sababli bunday kuchli jamoalar bilan o'ynab, xatolarimizni ko'rib olishimiz yaxshilikka. Futblchilar ham maksimal harakat qilishdi. Futbolchilarimiz asta-sekinlik bilan o'z formalariga kirib olishadi va yangi mavsumga ajoyib sport formada yetib kelamiz deb o'ylayman.
Legionerlarimiz yetib kelganiga endi 4 kun bo'ldi. Shu sababli ularni bugun 10 daqiqa o'ynatishga qaror qildik. Shuningdek, bugungi bahsda 17-18 yoshdagi bir qator istedodli futbolchilarga ham imkoniyat berishga qaror qildik. Ular ham qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Shu kabi o'yinlar orqali ularni ham o'yinimiz uslubiga tushirib olamiz".



