Eshitdik-da! "Bunyodkor" "Paxtakor" sobiq ustoziga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2023, 13:55
"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Piter Xyuistra "qaldirg'ochlar" ustoziga aylanishi mumkin.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, "Bunyodkor" niderlandiyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.



Alohida aytish joiz, Piter 2018-2020 yillarda gruziyalik murabbiy Shota Arveladzening assistenti vazifasini bajargan, so'ngra u ketgach, bosh murabbiy lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" ayni paytda Ivan Boshkovich bilan amaldagi shartnomaga ega. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia