Eshitdik-da! Belgiya klubi IbrohimHalil Yo'ldoshev bo'yicha "Paxtakor"ga taklif yubordi, biroq...

Alisher
30 iyun 2021, 10:42
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi chap qanot himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshevga Belgiya klubi qiziqmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumoti bo'yicha, Belgiya oliy divizioni ishtirokchisi Antverpenning "Beersxot" klubi Yo'ldoshev borasida "Paxtakor"ga rasmiy taklif yuborgan. Biroq futbolchining agentlari Yo'ldoshevni Belgiyaga o'tishiga rozi bo'lishmayapti. 

"Beersxot" 1921 yilda tashkil topgan va Antverpendagi "Olimpiya" stadionida uy o'yinlarini o'tkazib keladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia