Eshitdik-da! Andrey Akopyanc "Futbol-MED" ko'rigidan o'ta olmadi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2014
Birinchi davrani "Buxoro" klubida o'tkazgan yarim himoyachi davralar oralig'ida "Neftchi" safiga o'tgandi.
Biroq so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Akopyanc "Futbol-MED" ko'rigidan o'ta olmagan.

Shu bois futbolchi ikkinchi davra boshida "Neftchi" safida maydonga tusha olmaydi. Agar Akopyanc qayta tibbiy ko'rikdan o'ta olsa uchrashuvlarda ishtirok eta boshlaydi. 

Eslatib o'tamiz, Andrey Akopyanc birinchi davrada 9ta o'yin o'tkazib 223 daqiqa o'ynadi va bitta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia