Eronliklar Argentinaga qarshi o'yindagi hakamlik ustidan FIFAga shikoyat qildilar

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2014, 20:53
Eron Futbol Federatsiyasi (EFF) Argentinaga qarshi o'yindagi hakamlik uchun FIFAga arz qildi.
Eron FF bosh direktori Mexdi Muxammad-Nabi tomonidan yuborilgan ikki sahifadan iborat xatda serbiyalik hakam Milorad Majichning hakamligiga past baxo beriladi.
Eronliklarning fikricha hakam Argentina darvozasi tomon penalti belgilashi zarur edi.
"Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Faqat hakamning xatosigina argentinaliklarning bizni yutishiga sabab bo'ldi", - deyiladi xatda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net