Eron matbuoti: Masharipov Superkubokda o'ynay oladi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2025
Kecha "Istiqlol" jamoasi Turkiyadagi yig'in doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini "Lusiail"ga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston terma jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov murabbiylar shtabi qaroriga binoan o'yinda ishtirok etmadi, chunki u tizzaosti payini yanada shikastlashi mumkin edi.

Rejaga ko'ra, Masharipov Tehrondagi mashg'ulotlarda ishtirok etadi va uning "Traktor"ga qarshi Superkubok o'yinida ishtirok etishida muammo bo'lmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Traktor" hamda "Istiqlol" o'rtasidagi Eron Superkubogi uchrashuvi 10 avgust kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Total fut