O'zbekiston U-20 terma jamoasi Yaponiya bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
19 mar 2026
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 19-31 mart kunlari Milliy futbol markazida yig'inga kirishadi.

Osiyo Kubogi saralash bahslari va 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan vakillarimiz ushbu yig'in doirasida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Rustamjonov Nematulloh, Shokirov Ibrohim, Abutalipov Alishan

Himoyachilar: Karimov Behruz, Behruz Erkinov, Dilshodbekov Muhammadali, Odiljonov Ozodbek, Najmiddinov Ozodbek, Abdug'aniev Nurmuhammad, Musaxonov Muhammadali, Soliev Abdulvosid

Yarim himoyachilar: Tulkinbekov Azizbek, Erimbetov Azizbek, Saydaliev Kuvanishbek, Bobomurodov Abdulfayz, Abdusattarov Behruz, Tojiev Diyor

Hujumchilar: Maratov Ulug'bek, Jumadillaev Sirojiddin, Tulagonov Davron, Sarsenbaev Nurbek, Abraev Quvonch, Xasanov Sadriddin

Bosh murabbiy: Jamoliddin Rahmatullaev


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати