Eron JCH saralash o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibni e'lon qildi

Xayrulla Xoliqov
25 may 2021, 22:07
Eron terma jamoasi Bahraynda to'rtta o'yin o'tkazadi.

Terma jamoa ustozi Dragan Skochich JCH saralash bosqichining qoldirilgan o'yinlari uchun tarkibni ma'lum qildi. Ro'yxatdan 26 nafar futbolchi o'rin olgan.

Darvozabonlar: Alirizo Beyranvand, Payam Niyazmand, Amir Obidzoda, Muhammadrizo Akbari. 

Himoyachilar: Shoja Xalilzoda, Muhammadhussayn Kanaanizadegan, Mortaza Puraliganji, Majid Hosseyni, Sadeg Moharrami, Milad Mohammadi, Jafar Salmani. 

Yarim himoyachilar: Haji Ehsan Safi, Saed Ezatolahi, Alirizo Jahonbaxsh, Ahmad Nurullohi, Kamal Kamyabinia, Vahdi Amiri, Danial Esmaelifiar, Saman Goddos, Mehdi Torabi. 

Hujumchilar: Mehdi Taremi, Sardor Azmun, Kaveh Rizoyi, Karim Ansarifad, Ali Golizade, Mehdi Gaedi.

Eron terma jamoasi 31 mayga qadar o'z uyida mashg'ulotlarni olib boradi va so'ngra Bahraynga yo'l oladi. Forslar 3-15 iyun oralig'ida 4ta rasmiy bellashuvda maydonga tushadilar. Raqiblari: Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroq.

Hozirgi paytda ushbu terma jamoa 6 ochko bilan 3-o'rinda boryapti. Iroq esa 11 ochko bilan birinchi o'rinni, Bahrayn 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com