Eron jamoasi O'zbekiston MTJ yetakchilaridan biri uchun 1 million dollar berishi mumkin

Khoja
29 dek 2026, 08:03
"Paxtakor" futbolchisi Hojiakbar Alijonov "sherlar" safini tark etishi mumkin.

Unga "Persepolis" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, "Persepolis" "Paxtakor"ga Alijonovning transferi uchun deyarli 800-1 million dollar atrofiga yaqin taklif bermoqchi.

28 yoshli himoyachi "Paxtakor" jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "sherlar" safida jami 229 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 10 ta gol va 48 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: toppodcast