

Bu haqda Le Parisien nashri FFIRI bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, eronlik tomonning talablari orasida viza berish, personalga, davlat bayrog'i va Eron madhiyatiga hurmat ko'rsatish, shuningdek, aeroportlar, mehmonxonalar va stadionlarga borish yo'llarida yuqori darajada xavfsizlikni taminlash ham bor. Ushbu talab aprel oyida Kanada rasmiylari FIFA kongressi oldidan Eron futboli federatsiyasi prezidenti Mexdi Tadjuga mamlakatga kirishga ruxsat bermagandan keyin ilgari surilgan. Rad etishga sabab uning Islom inqilobi soqchilar korpusi bilan aloqalari bo'lganidir.
Tashkilotda takidlanishicha, hech qanday tashqi kuch Eronni o'zi haqli ravishda yo'llanma olgan musobaqada ishtirok etish huquqidan mahrum qila olmaydi.



