Erik ten Xag: "Onana yaxshiroq o'yin ko'rsata oladi"

Mirjalol Normatov
20 okt 2023
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning hozirgi posboni Andre Onanani sobiq darvozabonlar David de Xea hamda Peter Shmeyxel bilan solishtirdi.

Onana MYUdagi dastlabki 10 o'yinida 18 gol o'tkazib yubordi. 2011 yilda de Xea ham mankunianliklardagi startida omadsizlikka uchragan va 10 o'yinda 17 gol qo'yib yuborgandi.

"U ham biz ham yanada yaxshiroq bo'la olishini bilamiz. Premer-ligaga endigina o'tgan istalgan futbolchidan moslashish uchun vaqt talab qilinadi. Biroq u birdaniga o'zini ko'rsatishi kerak. Masalan, David de Xea hamda Peter Shmeyxel ham MYUdagi faoliyatini unchalik yorqin boshlamagan. Andre ham bunday tarixlarni o'qib chiqishi kerak deb o'ylayman.

Kelajakka umid bilan qarayapmiz. Sifatli o'yinlar ko'rsatib, ushbu klubda u o'zi uchun kelajak qura olishi lozim. Ishonaman, u buni qila oladi. U buni bir necha marta "Barslona", "Ayaks" va "Inter" kabi katta klublarda isbotlagan", - dedi ten Xag.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia