Erik ten Xag MYUning yana bir futbolchisini mashg'ulotlardan chetlatdi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2024, 14:14
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal individiual tarzda shug'ullanib turadi.

Bunga bosh murabbiy Erik ten Xagning qarori sabab bo'lgan. U fransiyalikni umumiy guruh mashg'ulotlariga tayyor emas deb hisoblagan. Murabbiyga futbolchining bir oydan ko'proq vaqt mobaynida kasalligi sababli mashg'ulotlarda qatnashmagani yoqmagan.

Ushbu mavsumda 19 o'yinda maydonga tushgan Marsyal 2tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail