Erik Abidal: Shaxsiy sabablarga ko'ra futboldan ketdim

Narzulla Saydullayev
20 dek 2014
Himoyachi Erik Abidal shaxsiy sabablar tufayli futbolchilik faoliyatini tugatganini aytib o'tdi.
Shaxsiy sabablarga ko'ra futbolchilik faoliyatimni yakunladim. Hayotimning yangi sahifasini ochish vaqti keldi.

Olimpiakosga so'nggi oylar uchun rahmat aytmoqchiman. Shu paytgacha birga ishlagan barcha murabbiylar va barcha shifokorlarga minnatdorchilik bildiraman.

Albatta, unutilmas damlarni boshdan kechirgan klublarimga ham rahmat, - deydi Abidal.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru