

Enfild stadioniga yig'ilgan mezbon muxlislari kataloniyaliklar forvardi Luis Suaresga qarata norozilik ko'rsatishmoqda. Ular urugvaylik futbolchiga xushtaklar chalib, unga qarata norozilik kayfiyatidagi so'zlarni yog'dirishmoqda. Bunga Suaresning ilk o'yinda Liverpul darvozasini ishg'ol etganidan so'ng, golni nishonlagani sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Qayd etish joizki, 32 yoshli futbolchi oldinroq qizillar sharafini himoya qilgandi.



