Endi pro-liga o'yiinlarida ham komissar ishlaydi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2018
6 aprel kuni O'zbekistonda Pro-liga o'yinlari start oladi. Aytish mumkinki, yangicha formatda tashkil etilayotgan musobaqa shunga monand qiziq o'tishi kutilmoqda.

Biroz vaqt o'tgach, ko'pchilik Pro-liga formatini ham tushunib olsa ajab emas. Hozir bu haqda emas. Balki komissarlar to'g'risida so'z yuritmoqchimiz. Bungacha asosan Superliga o'yinlarida O'zPFL vakillari komissar sifatida ishlab kelgan. Aytishlaricha bu yil endi Pro-liga uchrashuvlariga ham komissar tayinlanadi. Kuni-kecha ayollar o'rtasida boshlangan Superliga bahslarida ham O'zPFL xodimlari komissar sifatida ishladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia