Endi Koul: “Manchester Yunayted”ni qutqarish uchun 200 million funt kerak”

“Manchester Yunayted” klubining sobiq hujumchisi Endi Koul, “qizil iblislar” Angliya chempionatining musobaqa jadvalida yaxshiroq o'ringa chiqib olishlari uchun kattaroq mablag' sarf etishlari kerakligini ta'kidladi.

“Agar “Manchester Yunayted” chempionatda yaxshiroq natijaga erishishni istasa, yozda transfer uchun 200 million funt sarflashi kerak. Klub qishda hujumdagi yarim himoyachi sotib olish uchun faqatgina 37 million funt sarfladi xolos. Agar Moyes musobaqa jadvalining yuqori o'rinlarida borayotgan jamoalarni quvib etishni istasa yaxshiroq pul sarflashiga to'g'ri keladi, ammo bu ham uning yuz foiz omadga erishishini kafolatlay olmaydi”, - deydi Koul.


Manba: sports.ru