Emmanuel Boateng 13 yil ichida “Barselona” darvozasiga 3 ta gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi

“Levante” a'zosi Emmanuel Boateng “Barselona” darvozasiga 3 ta gol urdi.

21 yoshli futbolchi birinchi bo'limda 2 ta, ikkinchi bo'limda esa bitta gol kiritdi.

Shu tariqa Boateng 13 yil ichida “Barselona” darvozasiga 3 ta gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi.

So'nggi bor “Barselona” darvozasiga xet-trikni amalga oshirgan futbolchi Diego Forlan bo'lgan edi. 2005 yilda Forlan kataloniyaliklar darvozasiga uchta gol urgandi.


Manba: Gracenote Live