

Uning fikricha, "aristokratlar"dagi doimiy o'zgarishlar katta g'alabalarga to'siq bo'lmoqda.
Sovrinlar uchun nima kerak?
Petining takidlashicha, APLda g'olib chiqish uchun faqat pul va iqtidorli futbolchilar etarli emas:
"Liem Rosenor "Chelsi" bilan APLda g'olib chiqa oladimi? Ular har yili tarkibni o'zgartirishmoqda. Agar nimanidir yutmoqchi bo'lsangiz, barqarorlik va izchillik juda muhim. Murabbiy o'z g'oyalariga sodiq qolishi, rahbariyat esa hatto qiyin davrlarda ham unga ishonishi kerak. Liverpul va Siti aynan shu yo'l bilan sovrinlarga erishdi".
Murabbiyning taqdiri qil ustida:
Fransiyalik sobiq futbolchi Rosenorning londonliklar safida uzoq qolmasligini taxmin qilmoqda:
"Men uning 10 oydan keyin ham jamoada bo'lishiga amin emasman. Agar ketma-ket 3-4 ta o'yinda omadsizlikka uchrasa, direktorlar kengashi uni ishdan bo'shatib yuborishidan hayron qolmayman. Chelsi, Manchester Yunayted va Tottenxem kabi klublar tinimsiz murabbiy almashtirib, qanday qilib chempionlikni kutishayotganiga tushunmayman".
Petining xulosasi:
"Futbolchilarga natijalar yomon bo'lganda ham murabbiy o'z g'oyalariga sodiq qolishini ko'rsatish kerak. Arsenal bir necha yildan beri shuni qilmoqda va chempionlikka yaqin keldi. Chelsida esa bunday muhit ko'rinmayapti", - dedi Peti "Ignition Casino"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Liem Rosenor "aristokratlar" boshqaruviga kelganidan beri jamoa o'yinida ma'lum o'zgarishlar kuzatilmoqda, biroq Peti kabi ekspertlar klub rahbariyatining sabriga shubha bilan qarashmoqda.



