Emeri: "Azar - dunyoning eng yaxshi besh o'yinchisidan biri"

27 may 2019, 21:20
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa ligasi final o'yini oldidan "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar haqida fikr bildirdi.

Yevropa ligasi final uchrashuvi 29 may kuni Bokuda o'tkaziladi. 

"Azar - vaziyat o'yinchisi, lekin hal qiluvchi vaziyat emas. Biz mana shuni oldini olishimiz kerak. Unda g'oliblik salohiyatini ko'rmoqdaman. Bunday hislatni faqat Messi, Ronaldu, Neymar va Salahda ko'rish mumkin. Men uchun Azar -  dunyoning eng yaxshi besh o'yinchisidan biri", - deydi Emeri.

Azar "Chelsi" sharafini 2012 yildan beri himoya qilib kelmoqda. 2018-2019 yilgi mavsumda belgiyalik yulduz APLning 37 o'yinida 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Manba: elmundo.es