Elyor Orifov: ”G'alaba qozonish kerak bo'lgan o'yinda durang qayd etdik”

Narzulla Saydullayev
17 sen 2016
Oliy liganing 22-tur o'yinlari doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi safarda “Mashal” mehmoni bo'ldi. Bellashuvda durang qayd etildi.
O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi himoyachisi Elyor Orifov o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

- Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Ikki jamoa ham bir birini yaxshi o'rganganligi o'yin saviyasidan ma'lum.  “Mashal”  jamoasi bizga qarshi puxta tayyorgarlik ko'rishini bilar edik. Bu jamoa o'yida o'ynayotgani,ko'plab hujumlar tashkil  qilishini kutgan edik. Biz ham mos ravishda tayyorgarlik ko'rdik. Ko'plab hujumlar tashkil etdik lekin foydalana olmadik. Kurashga boy o'yin bo'ldi. Birgina xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Oxirgi daqiqalarda gol o'rdik va mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Jamoamiz bilan keyingi o'yinga diqqatimizni qaratamiz va muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman - deydi Orifov

Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia