Elit OCHL. "Machida" BAA jamoasini mag'lub etib, finalga chiqdi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2026, 23:29
Elit Osiyo Chempionlar ligasining ikkinchi yarim final bahsi ham yakuniga etdi.

Sharqiy va G'arbiy mintaqa vakillari ishtirokidagi bahs shiddatli kechdi.

"Machida" (Yaponiya) - "Shabab Al-Ahli Dubay" (BAA) 1:0

Yaponiya klubi o'z maydonida Somaning 12-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g'alaba qozondi. Uchrashuv davomida VAR mehmonlarning ikkita golini bekor qildi.


Final qachon?

Osiyoning eng kuchli klubi nomi 25 aprel kuni bo'lib o'tadigan final bahsida aniqlanadi. Unda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" hamda Yaponiyaning "Machida" jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia