Elia "Sautgempton"ga o'tdi

Gollandiyalik yarim himoyachi o'z faoliyatini Angliyaning "Sautgempton" jamoasi tarkibida davom ettiradigan bo'ldi.
Germaniyaning "Verder" jamoasi safida harakat qilib kelgan Elia mavsum so'nggiga qadar ijara asosida "Sautgempton" safida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Elero Elia 2010 yilgi mundialda Gollandiya terma jamoasi bilan kumush medallariga sazovor bo'lgandi. Shuningdek, futbolchi 2012 yili Turinning "Yuventus" klubi tarkibida o'ynashga muvaffaq bo'lgan.

Manba: eurosport.ru