El Neni faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettirishi mumkin

Alisher
20 noya 2021, 11:47
"Arsenal" yarim himoyachisi Muhammad El Neni faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

29 yoshli misrlik futbolchi uchun "Galatasaroy" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Istanbulliklar bosh murabbiyi Fotix Terim o'yinchini o'z jamoasida ko'rmoqchi. Bundan tashqari, "Galatasaroy" El Nenini yozgi transfer oynasida ham xarid qilishga uringan edi.

El Neni joriy mavsum "Arsenal" safida 4ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt o'yinchini 10 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Sun