YCHL. "Atletiko" hamda "Arsenal" o'rtasidagi yarim final bahsi uchun tarkiblar ma'lum

Aslanov Jasurbek
29 apr 2026, 22:58
Bugun, 29 aprel kuni Madriddagi "Riyad Eyr Metropolitano" stadionida Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 final bosqichidan o'rin olgan navbatdagi to'qnashuv bo'lib o'tadi.

Unda Diego Simeone shogirdlari Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal"ni qabul qiladi.

Niderlandiyalik Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan o'yinni jamoalar quyidagi tarkiblarda boshlaydigan bo'lishdi:

"Atletiko": Oblak, Pubil, Rudjeri, Lorente, Gancko, Simeone, Koke, Kardozo, Grizmann, Lukman, Alvares.

"Arsenal": Rayya, Saliba, Magalyayns, Inkape, Uayt, Rays, Subimendi, Edegor, Martinelli, Dyokeresh, Madueke.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia