El Chiringuito jurnalisti: Bartomeu iste'foga chiqqan taqdirda, Messi "Barselona"da qolishi mumkin

Alisher
26 avg 2020, 14:38
"Barselona" sardori Lionel Messining klubda qolish ehtimoli bor.

El Chiringuito jurnalisti Jozep Pedrerolning xabar berishicha, agar klub prezidenti Jozep Bartomeu iste'foga chiqsa, argentinalik futbolchi qarorini o'zgartirishi va "Barselona"da o'ynashni davom ettirishi mumkin.

Oldinroq, Messi uchun favorit deya "Manchester Yunayted" va PSJ klublari etirof etilayotgan edi. Shuningdek, futbolchining o'zi "Manchester Siti"da o'ynashni xohlayotgani borasida ham xabarlar mavjud.

Eslatib o'tamiz, kecha Messi faks orqali "Barsa"ni klubini o'zgartirmoqchi ekanligini xabar qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv