EKL. "Tobol" "Linkoln Red Imps"ni mag'lub etdi, Sergeev 64-daqiqada almashtirildi

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022
Yevropa Konferenciyalar ligasining 2-saralash bosqichidan o'rin olgan "Tobol" - "Linkoln Red Imps" uchrashuvi yakunlandi.

Qozog'istonda o'tgan dastlabki uchrashuvda mezbonlar Aybar Jaksilikov va Zarko Tomasevlarning kiritgan to'plari evaziga g'alaba qozondi. Qayd etish joiz, "Tobol" safida o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 64-daqiqada almashtirildi. 

Javob uchrashuvi 26 iyul kuni Gibraltarda bo'lib o'tadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra qo'li baland kelgan jamoa keyingi bosqichda "Tirana" (Albaniya) / "Zrinski" (Bosniya i Gertsegovina) juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia