​YCHLda hafta futbolchisi aniqlandi. Kimligini bilasiz

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025, 13:00
Shu haftada Chempionlar Ligasi o'tish bosqichining javob o'yinlari bo'lib o'tdi.

Kutilganidek, "Real" hujumchisi Kilian Mbappe Yevropaning klublar o'rtasidagi asosiy turnirida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Mbappe "Real"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinida xet-trik qayd etdi. Madridliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonib, turnirning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

Bugun Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. "Real"ning navbatdagi raqibi "Atletiko" va "Bayer" bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com